
"Real" futbolchisi APLda akasining o‘rnini to‘ldiradi
"Real" Madrid himoyachisi Ferlan Mendi faoliyatini Angliya Premer ligasida davom ettirishi mumkin.
"Sport.es" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Manchester Siti" uni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni niyat qilgan. Jamoa anchadan beri nominal chap qanot himoyachisiga ehtiyoj sezmoqda. Ferlanning akasi Benjamin anchadan beri maydonga tusha olmayapti. Shu bois, bu transferning amalga oshish ehtimoli yuqori.
O‘z navbatida, Mendi ham madridliklar bilan yangi shartnoma imzolashga shoshilmayapti. U muntazam ravishda asosiy tarkibda maydonga tushmayotganidan norozi. Avvalroq, unga APLning boshqa klubi "Nyukasl"dan qiziqish borligi aytilgandi.
Joriy mavsum 27 yoshli himoyachi "qaymoqranglilar" libosida 20 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar