
“Real” chempion jamoa bilan murabbiy alishmoqchi
Ispaniya va Germaniyaning amaldagi chempionlari – “Real” va “Bayer” o‘zaro murabbiy alishtirishi mumkinligi aytilmoqda.
Gap shundaki, Karlo Anchelotti Saudiya Arabistonida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan katta loyihaga qiziqib qolgan va kelasi yoz jamoadan ketishi mumkin.
Madrid superklubi mutasaddilari anchadan beri “Bayer”da ishlayotgan Xabi Alonsoni olib kelishni ko‘zlab yuribdi.
Alonsoning o‘zi ham “Qirollik klubi”da ishlash uchun o‘tgan mavsumda o‘ziga kelgan barcha takliflarga rad javobini bergan edi.
“Bayer” ispaniyalik murabbiyni qo‘yib yuborgan taqdirda, “Real” yoshlar jamoasini boshqarayotgan Raul Leverkuzenga kelishi mumkinligi aytilmoqda.
Fikrlar