
“Real” chempion bo‘lgan “Barsa”ga murojaat yo‘lladi!
Ispaniya chempionatining 36-turida musobaqada peshqadamlik qilayotgan “Barselona” safarda “E
spanol” mehmoni bo‘ldi.
Barselona derbisida Xans-Diter Flik shogirdlari Lamin Yamal va Fermin Lopesning gollari evaziga 2:0 hisobida zafar quchdi. Bu natija “Barselona”ga muddatidan oldin chempionlik unvonini olib keldi.
La Liganing o‘tgan yilgi g‘olibi – “Real” o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasi orqali chempionlik unvonini tortib olgan “Barselona”ga murojaat yo‘lladi.
- “La Liga – 2024-2025” mavsumidagi g‘alaba bilan “Barselona”ni tabriklaymiz, - deyiladi “Real” klubining bayonotida.
Shu tariqa, “Barselona” o‘z tarixida 28 marotaba Ispaniya chempionligiga sazovor bo‘ldi. Chempion bo‘lish borasida “Real” mutlaq rekordchi. “Qirollik klubi” o‘z tarixi davomida La Ligada 36 marotaba zafar quchgan.
Fikrlar