“Real”: Bu yulduz bizga to‘g‘ri kelmaydi

  • 26 iyul, 2024, 12:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” markaziy himoyaga tajribali o‘yinchi qidirmoqda. Bu jamoa sardori Nacho Fernandes klubdan ketgani va David Alabaning jarohat tufayli uzoq muddatga safdan chiqqani bilan bog‘liq.

Tecno

Evropa matbuotida “Qirollik klubi” erkin agentga aylangan Mats Xummelsni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekani haqida ma’lumotlar tarqatilgandi.

Diario AS nashrining ma’lum qilishicha, “Real” germaniyalik tajribali himoyachini olmaydigan bo‘ldi. “Qirollik klubi” mutasaddilari 35 yoshli futbolchi jamoa talablariga mos tushmaydi, degan qarorga kelgan.

Mats Xummels faoliyati davomida faqat “Bavariya” va “Borussiya Dortmund” klublari sharafini himoya qilgan. Ayni paytda jamoasiz yurgan himoyachiga Italiya A Seriyasining bir necha klublari da’vogarlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!