
“Real” bu ikki o‘yinchini olsa, “Siti” zaiflashib qoladi
“Real” moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, yozgi transferlar vaqtida tarkibini misli ko‘rilmagan darajada kuchaytiradi.
Todofichajes nashrining ma’lum qilishicha, madridliklar “Manchester Siti”ning ikki yulduzi – Erling Xoland va Rodri Ernandesni transfer qilishni mo‘ljallayapti.
Har ikki futbolchi ham ularga “Real”dan qiziqish borligini biladi va o‘zlari ham Madridga ko‘chib o‘tishga moyil ekanini bildirgan.
Rodri Ernandes “Real”ga ko‘chib o‘tadigan bo‘lsa, faoliyatini yakunlagan Toni Kroosning o‘rnini bosishiga to‘g‘ri keladi.
Xoland “Qirollik klubi”ga o‘tsa, “Real” braziliyalik futbolchilar – Rodrigo Goes yoki Vinisius Juniordan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar