
“Real” bosh murabbiysiz qoladi
“Qirollik klubi” rahbariyati jamoani boshqarayotgan italiyalik mutaxassis Karlo Anchelottiga o‘z talablarini qo‘ydi.
Unga ko‘ra, agar “Real” mavsum oxirida Ispaniya chempionligini qo‘lga kirita olmasa, Anchelotti lavozimini topshirishi kerak bo‘ladi. Klub xo‘jayinlari futbolchilari Chempionlar ligasidan chiqib ketgan taqdirda ham tajribali murabbiyni joyida qoldiradi. Biroq, ligadagi muvaffaqiyatsiz kechirilmaydi.
Ayni paytda “Real” La Liga musobaqalar jadvalida 66 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. Madridliklar eng yaqin ta’kidchilari “Sevilya”dan 11 ochkoga o‘zib ketgan.
Karlo Anchelotti 2013-2015 yillarda haam “Real”ga ustozlik qilgan. Uning qo‘l ostida madridliklar Chempionlar ligasi zafar quchgan.
Fikrlar