
“Real” bosh murabbiyi Mourino “Roma”ni chempion qilishiga ishonmoqda
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti A Seriyada chempionlik uchun kurashayotgan jamoalar imkoniyatiga baho berdi.
A Seriyada muvozanat ancha tiklandi. “Yuventus”da ayrim muammoalar ko‘zga tashlanmoqda, klub o‘ziga bo‘lgan ishonchni boy berdi, lekin ular tezda o‘ziga keladi va chempionlik uchun kurashayotganlarga qo‘shiladi.
“Inter” o‘tgan yilgi tizimni saqlab qoldi va chempionlik unvonini o‘zida saqlab qolish imkoniyatiga ega.
“Roma” haqida gapirganda, bu jamoa Joze Mourino bilan g‘alaba qozonishga qodir, - dedi Karlo Anchelotti.
Italiyalik mutaxassis faoliyati davomida “Real”dan tashqari, “Yuventus”, “Milan”, “Chelsi”, PSJ, “Bavariya”, “Napoli” va “Everton” kabi jamoalarni muvaffaqiyatli boshqargan.
Fikrlar