“Real“ bosh murabbiyi bugungi bahs oldidan nimalar dedi?

  • 15 fevral, 2022, 10:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real Madrid“ bosh murabbiyi Karlo Anchelotti PSJ bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Aytishicha, bugungi bahs finalga teng bo‘ladi.

Tecno

“Biz o‘zimizni yaxshi his qilyapmiz. Hayajon deyarli sezilmayapti. 

Bugun kuchli raqibga qarshi qiyin o‘yin kutib turibdi. Ikkala jamoa ham finalga borishni maqsad qilgan.

Bu final oldi final uchrashuvi bo‘ladi. Bunga ishonchim komil.

Pochettino uchun ham, men uchun ham o‘zgacha taktikalar yaratish muammo emas. Biroq bugun taktik jihatdan yangilik ko‘rmasak kerak, menimcha“, - dedi italiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!