
“Real” bir guruh yulduzlaridan voz kechdi!
“Real” bosh murabbiy Karlo Anchelotti qo‘l ostida joriy mavsumda chempionlik uchun kurashmoqda. Biroq, italiyalik murabbiyning zimmasi boshqa muhim vazifa bor.
Karlo Anchelotti “Real”ning yangi erasini boshlaydigan jamoa qurishi kerak. Kelajak jamoasi, deb ta’riflanayotgan bu loyiha markazida PSJdan olib kelinadigan Kilian Mbappe bo‘ladi.
Italiyalik mutaxassis ishni tarkibni yoshartirishdan boshlamoqchi. Uning talabiga ko‘ra, jamlani yoshi o‘tib borayotgan va kelajakda foydasi tegmaydigan futbolchilar tark etishi kerak. “Qirollik klubi” shu mavsumning o‘zida Garet Beyl, Eden Azar, Isko, Marselo, Luka Yovich va Xesus Valexo bilan xayralashadi.
Ayni paytda, klub mutasaddilari bu futbolchilardan qutilish yo‘llarini izlamoqda. Transferlardan ketgan mablag‘ va maoshlardan tejalgan pullar Kilian Mbappeni olib kelish va jamoa etakchisiga aylanib borayotgan Vinisius Junior bilan yangi bitim imzolashga yo‘naltiriladi.
Fikrlar