"Real" Benzemani faqat bir shart bilan qo‘yib yuborishi mumkin

  • 30 may, 2023, 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi rahbariyati frantsiyalik hujumchi Karim Benzemaning joriy mavsum yakunida jamoani tark etish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Relevo nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Ispaniya grandi Karim faoliyatini Evropadan tashqarida davom ettirsa, uning ketishiga to‘sqinlik qilmaydi. Ammo Benzema yana bir mavsumni “Santyago Bernabeu”da o‘tkazishi, shundan so‘ng Saudiya Arabistoni klublaridan biriga o‘tishi ehtimoli ham bor.

Avvalroq Karim saudiyaliklardan taklif olgani xabar qilingandi. Unga 200 million evro evaziga ikki yillik shartnoma taklif qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, Benzema "qirollik klubi"da 2009 yildan beri o‘ynab kelmoqda. Hujumchi joriy mavsum La Ligada 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!