“Real” Benzema o‘rniga kutilmagan yulduzni olib keladi

  • 7 iyun, 2023, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” zudlik bilan Karim Benzema o‘rniga boshqa o‘yinchi olib kelishi kerak. Aslida madridliklar frantsiyalik to‘purarni birdaniga ketib qolishini kutmagan edi.

Tecno

Shuningdek, klub mutasaddilari jamoani tark etgan Marko Asensio, Mariano Dias va Eden Azarning ham o‘rnini egallaydigan yangi ijrochilar topishi kerak.

Goal va Fichajes nashrlarining ta’kidlashicha, “Qirollik klubi” Benzemadan bo‘shagan o‘ringa “Bavariya” forvardi Sadio Maneni olib kelmoqchi.

31 yoshli senegallik futbolchi Myunxendagi dastlabki mavsumida jamoadoshlari bilan munosabatlarda muammoga duch keldi.

“Bavariya” uni tezroq sotib yubormoqchi. Yakunlangan mavsumda 38 ta bahsda 12 ta gol urgan Mane 45 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!