
"Real" Azarni qancha muddatga yo‘qotdi?
"Real" va Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Eden Azar uzoq muddatga safdan chiqdi. Bu haqida klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ispaniya La Ligasi 25-turi doirasida "Levante"ga qarshi o‘yinda olgan jarohatidan so‘ng, futbolchi bugun tekshiruvdan o‘tdi.
AS nashriga ko‘ra futbolchi o‘ng oyog‘idan shikastlangan va ikki oy davomida maydonga tusha olmaydi. U 26-fevral kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan "Manchester Siti" va 1-mart kuni "Barselona"ga qarshi o‘yinni aniq o‘tkazib yuboradi.
Azar noyabrda olgan jarohatidan qutilganiga ko‘p bo‘lmagan edi. "Levante" bilan o‘yin u uchun maydonga qaytganidan keyingi ikkinchi o‘yini bo‘ldi.
Joriy mavsumda belgiyalik "Real" libosida La Liga bahslarida 10 ta o‘yinda bitta gol kiritishni uddaladi.
Fikrlar