
“Real” Azar bo‘yicha kutilmagan qarorga keldi
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti belgiyalik yulduz Eden Azarga kelasi mavsum ishonch bildirmasligini ma’lum qilganidan keyin klub mutasaddilari yozda uni sotib yuborish bo‘yicha ish boshlagan edi.
Kutilmaganda, klub prezidenti Florentino Peresning qarori hammasini o‘zgartirib yubordi. U Eden Azarning iqtidoriga to‘liq ishonishi va unga yana bir bor imkon berishini aytdi.
Endi jamoa murabbiylar shtabi belgiyalik hujumkor futbolchini yana o‘ynatishiga to‘g‘ri keladi. Azarning o‘zi ham shartnomasi yakunlanmagunicha Madriddan ketmasligini aytgandi.
Eden joriy mavsumda La Ligada 17 ta uchrashuvda qatnashib, atigi bitta assistni amalga oshirdi xolos. Uning shartnomasi yana ikki yil davom etadi.
Fikrlar