
“Real” ashaddiy raqib “Barsa”ni mensimagan yulduzni oladi
Germaniya terma jamoasi va “Bavariya” yarim himoyachisi Yozua Kimmix faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Bild nashrining ma’lum qilishicha, tajribali futbolchini “Real” o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Madridliklar Kimmixni faoliyatini yakunlashga qaror qilgan Toni Kroos o‘rniga olib kelishni maqsad qilgan.
Avvalroq, Yozua Kimmixga “Barselona” jiddiy qiziqish bildirib, muzokara o‘tkazgandi. Germaniyalik futbolchiga kataloniyaliklar taklif qilgan maosh miqdori yoqmadi va u taklifni rad etdi.
Kimmixning myunxenliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha davom etadi. U hali hamkorlikni uzaytirgani yo‘q.
Agar tomonlar kelisha olsa, bu transfer “Real”ga 50 million evro atrofida tushadi.
Fikrlar