“Real” Angliyadan uch nafar zo‘r futbolchini olib ketadi

  • 8 mart, 19:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” yozgi transferlar oynasi vaqtida tarkibini jiddiy tarzda kuchaytirishga qaror qildi. Madridliklar yangi o‘yinchilarni Angliya Premer-ligasidan olib kelmoqchi.

Tecno

Ispaniyaning nufuzli manbasi – fichajes.net saytining yozishicha, “Qirollik klubi” o‘z loyihasiga  Trent Aleksander-Arnold, Adam Uorton va Vilyam Salibani jalb qilmoqchi.

Trent Aleksander Arnold – “Liverpul”himoyachisi 30 iyun kuni erkin agentga aylanadi. Aynan mana shu omil 26 yoshli himoyachining bozorini qaynatmoqda. Madridliklar Trentni o‘ng qanot himoyachisi Dani Karvaxalning o‘rniga olib keladi.

Adam Uorton – “Real” mutasaddilari yarim himoyani “Kristal Pelas”da porlayotgan 21 yoshli o‘yinchi yordamida kuchaytirishni ko‘zlayapti. Maylonni yaxshi ko‘ra olish, o‘yinni o‘qiy olish qobiliyati va aniq to‘p uzatish Uortonning kuchli jihatlari sifatida e’tirof etilyapti.

Vilyam Saliba – “Real” prezidenti Florentino Peres himoya markaziga aynan “Arsenal” futbolchisi olib kelinishini talab qilmoqda. Frantsiyalik himoyachining “kanonirlar” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etadi. Madridliklar qiyin transferni uddalash uchun pulni ayamasligi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!