"Real" Alvaro Karreras transferini tezroq yakunlamoqchi

  • 26 may, 13:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" allaqachon 22 yoshli himoyachi bilan kelishuvga erishgan. Ispaniya klubi 2 iyun kuni boshlanadigan mashg‘ulotlaridan oldin ispaniyalik futbolchi bilan sharnoma imzolamoqchi va tezroq jamoada ko‘rishni istamoqda. 
 
"Qaymoqranglilar" o‘z tarbiyalanuvchisini 15 iyun kuni boshlanadigan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida o‘ynashi uchun imkor qadar tranferni tezroq yakunlamoqchi. Bu esa "Benfika" bilan muzokaralarni qiyinlashtirmoqda. 
 
"Qirolik klubi" futbolchini narxi pasayishiga umid qilgandi. Lekin "burgutlar" himoyachi uchun madridliklardan 50 million evro tovon puli talab qilmoqda. "Marca" nashrining ta’kidlashicha, "Real" kelishuvni tezroq hal qilish uchun qo‘shimcha pul to‘lashga tayyor. Ma’lum bo‘lishicha, bu ham bir necha kunda hal bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas. 
 
Eslatib o‘tamiz, Alvaro Portugaliya chempionatining 2024/25 yilgi mavsumida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining Transfermarkt portalidagi narxi 22 million evro deb baholanmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!