
"Real" almashtirib bo‘lmas futbolchisi bilan shartnoma uzaytiradi
Hujumchi Karim Benzema "Real" bilan shartnomasini uzaytiradi.
“Marca” nashri xabariga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi klub bilan 2024 yilgacha amal qiladigan yangi bitim imzolaydi. Benzemaning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.
"Real" Madrid prezidenti Florentino Peres Karimni almashtirib bo‘lmas futbolchi deb hisoblaydi. Madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ham hujumchi borasida xuddi shunday fikrda. Benzema ham "Real"da holatidan mamnun va kelishuvni uzaytirishga qarshi emas.
Shu munosabat bilan 2024 yilgacha yangi shartnoma imzolanishi tabiiy hol sifatida qabul qilinmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda to‘rtta o‘yinda maydonga tushgan hujumchi o‘z hisobiga to‘rtta golva bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar