
"Real" afsonasi faoliyatini yakunlamoqchi
"Real" Madrid va Braziliya milliy terma jamoasi yulduzi Marselo futbolchilik faoliyatini yakunlash arafasida.
Ispan OAV tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, 33 yoshli futbolchi joriy mavsum so‘ngida bu haqda rasman ma’lum qilmoqchi. Boisi, oxirgi paytlarda unga o‘yin amaliyotining deyarli berilmayapti. U maydonga tushganda ham ko‘p jarohat olmoqda.
Qayd etilishicha, Marselo faoliyatini yakunlash haqida jiddiy o‘ylayapti. "Real" ham o‘z afsonasida klub tizimidan ish taklif qilishga tayyor. Joriy mavsum u La Ligada atigi 3 ta o‘yin o‘tkazdi. Uning "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida tugaydi.
Ma’lumot uchun, Marselo "qirollik klubi" safiga 2007 yilda "Fluminense"dan kelib qo‘shilgan.
Fikrlar