"Real" 16 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishgan yaqin turibdi

  • 8 iyun, 16:41
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi "Ayaks" yoshlar tizimida to‘p surayotgan 16 yoshli markaziy yarim himoyachi Abdella Uazanni transfer qilishga yaqin. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaning yozishicha, marokashlik futbolchiga Niderlandiya klubidan shartnomani uzaytirish bo‘yicha uch marotaba taklif berilgan, biroq u "qaymoqranglilar" safiga o‘tish uchun bu takliflarni rad etgan. Ta’kidlanishicha, Uazan 30 iyun kuni erkin agentga aylanadi va shu sababli Ispaniya grandiga bepul qo‘shilishi mumkin.

Uazan 2016 yildan beri "Ayaks" tizimida to‘p suradi. O‘tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 1 ta golli uzatma bilan ajralib turgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!