"RB Leyptsig" va "Napoli" bir futbolchini ko‘zlamoqda

  • 16 avgust, 2020, 20:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"RB Leyptsig" va "Napoli" klublari "Kristal Pelas"ning norvegiyalik forvardi Aleksandr Serlotga jiddiy qiziqib qoldi.

Tecno

Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, yuqoridagi jamoalar 24 yoshli futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq sotib olmoqchi. Bundan avvalroq esa, unga “Real” va “Volfsburg” klublaridan ham qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Serlot o‘tgan mavsumni “Trabzonspor” klubida ijarada o‘tkazdi va 49 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 33 ta gol hamda 11 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!