
"RB Leyptsig" "Atletiko"dan kuchli ekanini isbotladi (video)
Kecha UEFA Chempionlar ligasida ikkinchi chorak finalchi noma ma’lum bo‘ldi.
“Atletiko” hamda “RB Leyptsig” jamoalari to‘qnashuvida 2:1 hisobida nemis klubining qo‘li baland keldi. Dastlab, Dani Olmo 50-daqiqada “RB Leyptsig”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 71-daqiqada Joau Feliks penaltidan gol urib, uchrashuvdagi muvozanatni tenglashtirdi. Ammo, o‘yin nihoyalab borayotgan bir paytda Tayler Adams (88') raqib darvozasini ishg‘ol qilib Bundesliga jamoasining yarim finalga chiqishini ta’minladi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar