
Ravshan Ermatov O‘FAdan ketmoqdami? - Rasmiy javob
Bir necha daqiqa oldin, internetda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga, Sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Kasimov Milliy olimpiya qo‘mitasiga o‘tayotgani borasida xabarlar tarqaldi.
Ushbu ma’lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmatiga bog‘landik. Sport vazirligi matbuot xizmatida faoliyat yuritayotgan Otabek Eshmamatov yaqin soatlar ichida vazirlik rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘lishini va bular haqida rasmiy ma’lumotlarni vazirlik saytida chop etilishini aytdi.
Demak, bir necha soatdan so‘ng Sport vazirligi rahbariyatida o‘zgarish bo‘ladi va katta ehtimol bilan yuqoridagi nomlar ish joylarini o‘zgartirishadi. Vazirning birinchi o‘rinbosari Oybek Kasimov MOQga, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov esa sport vazirligiga o‘tadi.
Shuningdek, ma’lumotlarga qaraganda, vazirning yana bitta o‘rinbosari ham o‘zgarishi kutilmoqda.
Fikrlar