
Raul "Real"ga bosh murabbiy bo‘ladi?!
“Real” rahbariyati Zinedin Zidan o‘rniga kelajakda Raulni bosh murabbiy sifatida ko‘rmoqdaa. Bu haqda As nashri xabar bermoqda.
Madridliklar dastlab, Maurisio Pochettino nomzodini ko‘rib chiqayotgan edi, ammo argentinalik mutaxassis PSJ bilan shartnoma imzolagach, “Real”ning rejalari o‘zgarib ketdi.
Raul 2018 yildan buyon “Real”ning ikkinchi jamoasi – “Kastilya”ni boshqarib kelmoqda. Uning boshqaruvidagi “Real” U19 esa o‘tgan mavsum UEFA Yoshlar ligasida g‘olib chiqdi.
Fikrlar