
Raul "Real"da qoladigan bo‘ldi
"Vilyarreal" Kike Setenni o‘z lavozimidan ozod qilganidan keyin uning o‘rniga yangi murabbiy izlamoqda. Variantlar orasida "Real Kastilya"da ishlayotgan Raul ham bor edi. Ammo ispaniyalik afsona Madridda qoladigan bo‘ldi.
Fabritsio Romano xabar berishicha, "sariq suv osti kemasi" murabbiylikka boshqa nomzodni, ya’ni Pachetani tanladi. Klub u bilan kelishuvga erishishga yaqin turibdi.
55 yoshli mutaxassis Ispaniyaning "Real Valyadolid", "Elche" va "Ueska" kabi jamoalarida ishlagan. Pacheta ayni paytda iste’foda bo‘lib turibdi.
Fikrlar