Raul La Liga jamoasini boshqarishi mumkin

  • 7 sentabr, 2023, 17:33
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi afsonasi Raul Gonsales La Liga klubini boshqarishi mumkin. "Marca" nashri xabariga ko‘ra, 46 yoshli mutaxassis "Vilyarreal" boshqaruvi uchun nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan. Xabaringiz bor, bir necha kun oldin "Vilyarreal" Kike Setenni ishdan bo‘shatishdi.

Tecno

Raul 4 yildan beri “Real Madrid” yoshlar jamoasida ishlamoqda. Ayni damda yosh mutaxassis "Vilyarreal"ga o‘tish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

To‘rt turdan so‘ng "Vilyarreal" Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida 15-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!