
Rasman! Zidan faoliyatini yakunladi
Frantsiyalik afsonaviy futbolchi Zinedin Zidanning o‘g‘li Entso Zidan 29 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Entso o‘z oilasi va investitsiya faoliyatiga e’tibor qaratmoqchi. Kichkina Zidan "Real" Madrid akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “qirollik klubi” o‘rinbosarlari tarkibida 100 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan.
Entso faoliyatida davomida shuningdek, “Alaves”, “Lozanna”, “Aves”, “Almeriya” va boshqa klublar to‘p surgan. Uning so‘nggi ish joyi Ispaniyaning "Fuenlabrada" klubi bo‘lib, u bu jamoada 2022 yildan 2023 yilgacha o‘ynagan.
Fikrlar