
Rasman! "Yuventus" o‘z afsonasining o‘g‘lini sotib oldi
23 yoshli yarim himoyachi Kefren Tyuram-Yulen "Yuventus"ga o‘tdi, deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati. Futbolchi bunga qadar “Nitstsa” sharafini himoya qilgan.
Turin klubi jamoa afsonasining o‘g‘li bilan besh yillik shartnoma imzoladi.
Tyuram 2019 yildan beri "Nitstsa"da to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan mavsum frantsuz klubi safida barcha turnirlarda jami 29 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt internet portaliga ko‘ra, yarim himoyachining taxminiy narxi 35 million evroni tashkil qiladi.
Futbolchining otasi Lilian Tyuram 2001 yildan 2006 yilgacha "Yuventus"da o‘ynagan va klub safida 144 ta o‘yinda maydonga tushgan. Futbolchining akasi Markus “keksa sinora”ning ashaddiy raqibi “Inter”da o‘ynaydi. O‘tgan mavsumda u jamoa tarkibida 46 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol va 14 ta golli uzatmani amalga oshirgan holda Italiya chempioni bo‘ldi.
Fikrlar