
Rasman! "Turon" serbiyalik futbolchi va O‘zbekiston U-20 terma jamoasi posboni bilan shartnoma imzoladi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiyligidagi "Turon" jamoasi vakillari Superliga yangi mavsumiga tayyorgarlik jarayonini qizg‘in ruhda davom ettirmoqda. Yangi mavsum oldidan tarkibni yanada kuchaytirish maqsadida jamoa safiga bir qator mahoratli futbolchilarning kelib qo‘shilishi davom etmoqda.
Xususan, bugun Serbiya fuqarosi, qanot hujumchisi Dushan Stoilkovich klub bilan bir yillik rasmiy shartnomaga imzo chekdi. Dushan Stoilkovich faoliyati davomida "Radnichki", "Novi Pazar", "Buduchnost" va "Radomle" kabi nomdor klublari safida maydonga tushgan.
Shuningdek, 2003-yilda tug‘ilgan, yosh iqtidorli darvozabon Xumoyunshoh Sayyotov va klub o‘rtasida ikki yillik muddatga mo‘ljallangan rasmiy shartnoma imzolandi. Xumoyunshoh Sayyotov yaypanliklarga "Metallurg" klubidan kelib qo‘shildi. Shuningdek, u O‘zbekiston U-20 terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.
Manba: "Turon" PFK matbuot xizmati.
Fikrlar