Rasman: Tomas Tuxel PSJni tark etdi

  • 29 dekabr, 2020, 15:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ matbuot xizmati Tomas Tuxel va uning murabbiylar shtabi klubni tark etgani haqida rasman e’lon qildi.

Tecno

Klub bayonotiga ko‘ra, jamoaning sport ko‘rsatkichlari tahlilidan so‘ng nemis mutaxassisini iste’foga chiqarish bo‘yicha qaror qabul qilingan.

"Tomas Tuxel  va uning murabbiylar shtabiga klub uchun bergan barcha narsalari uchun minnatdorlik bildiraman.

Tomas o‘z ishiga katta kuch va ishtiyoqini sarfladi, albatta u bilan o‘tkazgan damlar yodimizda qoladi. Unga eng yaxshisini tilayman", - deydi klub prezidenti Nosir Al-Xelaifiy.

Tuxel PSJ boshqaruviga 2018 yil iyulida keldi. Uning qo‘li ostida klub barcha turnirlarda jami 127 ta o‘yin o‘tkazdi (95 g‘alaba, 12 durang va 20 mag‘lubiyat).

O‘tgan davr mobaynida parijliklar ikki bor mamlakat chempionligi, Frantsiya kubogi, Liga kubogida zafar quchdi va avgustda bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi finalida ishtirok etdi.

Xabar qilinishicha, frantsuz klubiga Muarisio Pochettino bosh murabbiy bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!