
Rasman: Shamil Gazizov "Spartak"dan ketdi
"Spartak" bosh direktori Shamil Gazizov lavozimidan ozod qilindi.
Moskvaliklar rasmiy matbuot xizmati mutaxassis bilan shartnoma bekor qilingani haqidagi xabarni tasdiqladi. Uning o‘rniga klubning ijrochi direktor Evgeniy Mlejikov tayinlandi.
– Evgeniy Vladimirovichning asosiy vazifalari ofis bo‘linmalarining samaradorligini oshirish va investitsion infratuzilma loyihalarini, shu jumladan klubning 100 yilligiga bag‘ishlangan dasturlarni amalga oshirishdan iborat bo‘ladi.
Sport ishlarini boshqarish, transfer strategiyasini shakllantirish va "Spartak"ning barcha yoshdagi jamoalari o‘rtasida ko‘prik qurish vazifalarini sport direktori Dmitriy Popovga yuklatiladi.
Gazizov "Spartak"da yarim yil faoliyat ko‘rsatdi. U Oston O‘runovning transferida asosiy shaxslardan biri bo‘lgan edi.
Fikrlar