
Rasman! "Sevilya" MYu futbolchisini ijaraga oldi
"Sevilya" klubi "Manchester Yunayted" jamoasi himoyachisi Aleks Tellesni ijaraga oldi. Bu haqda andalusiyaliklar rasmiy sayti xabar berdi.
Futbolchi yangi jamoasi safida 3-raqam ostida to‘p tepadi. Uning ijarasi uchun La Liga klubi 2 million evro to‘laydi.
Ma’lumot o‘rnida, Telles 2020 yil oktyabr oyida "qizil iblislar" futbolchisiga aylangandi. U o‘zining debyutini PSJga qarshi o‘yinda nishonlagan.
Fikrlar