Rasman! Sanches Frantsiya klubi bilan shartnoma imzoladi

  • 10 avgust, 2022, 01:47
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hujumchi Aleksis Sanches "Marsel" futbolchisiga aylandi. 

Frantsiya klubi 33 yoshli o‘yinchi transferi borasida kelishuvga erishganini tasdiqladi. Avvalroq, u "Inter" bilan shartnomasini bekor qilgandi. Ma’lum bo‘lishicha, uning Frantsiya klubi bilan shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi. 

Qayd etish lozim, chililik futbolchi "neradzurrilar" tarkibiga 2020 yilda kelib qo‘shilgan. U mazkur klub tarkibida 108 uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol hamda 23 ta samarali uzatma muallifiga aylangan. 


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!