
Rasman! Sadoqatli Roys yana 1 yil "Borussiya"da qoladi (foto)
"Borussiya" Dortmund futbolchisi Marko Roys klub bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda dortmundliklar matbuot xizmati xabar berdi.
Kelishuvga ko‘ra, hujumchi 2024 yil iyul oyiga qadar jamoa sharafini himoya qiladi. Roys yillik 7 million evro maosh olishi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Marko 2012 yildan "asalarilar" tarkibida to‘p tepib keladi.
Fikrlar