
Rasman! Robert Uittakerning Martin Vettoriga qarshi jang sanasi ma’lum
UFC o‘rta vazn ( 84 kg) toifasi vakillari Robert Uittaker (23-6) va Marvin Vettori (18-5-1) jangi rasman e’lon qilindi.
Jang 11 iyun kuni Singapurda tashkil etiladigan "UFC 275" turnirining asosiy kardidan o‘rin oladi.
Ma’lumki, Uittaker so‘nggi jangini divizion chempioni Israel Adesanyaga qarshi o‘tkazib, ochkolarga ko‘ra mag‘lub bo‘lgandi. Marvin Vettori esa so‘nggi jangida Paulo Kosta ustidan g‘alabani qo‘lga kiritgan.
Fikrlar