Rasman. "Real Sosedad" o‘z murabbiyini ishdan bo‘shatdi!
"Real Sosedad" klubi Serxio Fransisko bosh murabbiylik lavozimini tark etganini rasman e’lon qildi. Ispaniya jamoasini yaqin vaqt ichida kim boshqarishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.
Italiyalik jurnalist Janluka di Martsioning xabar berishicha, "Real Sosedad" rahbariyati bosh murabbiylikka ikki mutaxassis nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Ular — Tyago Motta va Pellegrino Mataratstso.
Tyago Mottaning so‘nggi ish joyi "Yuventus" bo‘lgan. Murabbiy 2025 yil mart oyida Turin klubini tark etgan. Undan avval "Bolonya", "Spetsiya" va "Jenoa" jamoalarida faoliyat yuritgan.
Pellegrino Mataratstso esa 2024 yil noyabr oyidan beri ishsiz. U shu vaqtda "Xoffenxaym" bosh murabbiyi lavozimini tark etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, "Real Sosedad" Ispaniya La Ligasining 16-turidan so‘ng 16 ochko jamg‘argan holda, 15-o‘rinda bormoqda.



Fikrlar