
Rasman! "Paxtakor" klubi "Navbahor" ham qiziqqan futbolchining transferini e’lon qildi (Foto)
Tajribali yarim himoyachi faoliyatini "Paxtakor" safida davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
O‘tgan mavsum jamoa sharafini himoya qilgan Sardor Rashidov joriy mavsumni ham "sherlar" safida o‘tkazadigan bo‘ldi. U 2022 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
Avvalgi mavsumda Sardor jamoa tarkibida 9 bellashuvda 2 gol muallifiga aylangan va keyinchalik "Kuvayt" klubiga ko‘chib o‘tgandi. Rashidov erkin agent sifatida "Paxtakor" safini to‘ldirdi.
Fikrlar