
Rasman! Ochoa A Seriya klubi bilan shartnoma imzoladi (foto)
Meksikalik taniqli darvozabon Gilermo Ochoa faoliyatini A Seriyada davom ettiradigan bo‘ldi.
U "Salernitana" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Hozircha kelishuv shartlari oshkor qilinmadi.
Qayd etish lozim, Ochoa Meksikaning asosiy darvozaboni sanaladi. U jahon chempionati guruh bosqichi doirasida Polshaga qarshi bellashuvda penalti qaytardi va bahs davomida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Shunday bo‘lsa-da, shimolik amerikaliklar guruhda 3-o‘rinni band etgan holda, keyingi bosqich yo‘llanmasidan quruq qoldi.
Fikrlar