Rasman! Manolas "Napoli"ga ko‘chib o‘tdi

  • 1 iyul, 2019, 08:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" klubi himoyachisi Kostas Manolas rasman "Napoli"ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra gretsiyalik futbolchining transferi neapolliklarga 36 million evroga tushgan. Aytish kerakki, “Napoli” ushbu transferning bir qismi sifatida yarim himoyachisi Amadu Diavarani "Roma"ga berdi.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli Manolas “Roma” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 206ta o‘yinda maydonga tushdi va 8ta gol hamda 7ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

21 yoshli Diavara esa 2016 yilda “Napoli”ga ko‘chib o‘tgan edi. Shundan buyon u 74ta o‘yinda ishtirok etdi va 2ta gol hamda 1ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!