
Rasman: "Lokomotiv"da portugaliyalik murabbiy ish boshladi
Portugaliyalik mutaxassis Mikael Sekeyra rasman Toshkentning "Lokomotiv" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda "temiryo‘lchilar"ning "Tvitter"dagi sahifasi xabar tarqatdi.
Sekeyraning so‘nggi jamoasi BAAning "An-Nasr" jamoasi hisoblanadi. Mutaxassis u erda murabbiy yordamchisi sifatida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, Mikael faoliyati davomida Portugaliyaning "Famalikan", "Merelinense", "Trofense", "Freamunde" kabi klublarida murabbiylik qilgan. Qolaversa, Sekeyra "Braga" klubida bosh tahlilchi mutaxassis sifatida ishlagan.
Fikrlar