
Rasman! "Liverpul"ning ikki nafar futbolchisi jamoani tark etdi
“Liverpul” klubi rasmiy sayti orqali hujumchi Deniel Starrij va himoyachi Alberto Morenoni jamoadan ketganini e’lon qildi.
Ta’kidlash kerakki, ularning har ikkalasi ham mersisaydliklar safini shartnomasi yakunlangach, erkin agent sifatida tark etishdi.
Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli Starrij “Liverpul” safiga 2013 yilda “Chelsi”dan ko‘chib o‘tgan. U o‘tgan davr mobaynida jami 160ta o‘yinda maydonga tushdi va 67ta gol urishga erishdi.
26 yoshli Moreno esa 2014 yilda “Sevilya”dan sotib olingan edi. U o‘tgan davr ichida mersisaydliklar libosida jami 141ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta gol urishga erishdi.
Fikrlar