
Rasman! Kolosovskiy "Metallurg" bosh murabbiyi
“Metallurg” PFK bugun taniqli futbol murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy bilan rasman shartnoma imzoladi. Mamlakatimizning etakchi futbol klublari – “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Navbahor” hamda O‘zbekiston terma jamoalaridagi faoliyati orqali muxlislarimizga yaxshi tanish bo‘lgan mutaxassis endi “Metallurg”ni mavsumning ikkinchi davrasiga tayyorlaydi.
Grigoriy Anatolevich 1971 yilning 28 iyunida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyatini Toshkent viloyatining “Chirchiq”, “Sverdlovchi” jamoalarida boshlagan. Keyinchalik “Yangier”, “Traktor” futbol klublarida o‘ynagan. 2012 yildan buyon murabbiylik sohasida faoliyat yuritib kelyapti. O‘zbekistondan tashqari Latviya, Xitoy Xalq Respublikasi jamoalarida ishlagan va aynan shu mamlakatlar milliy chempionatlarining sovrindori bo‘lgan.
"Metallurg" matbuot xizmati.
Fikrlar