Rasman! Jessi Lingard "Seul" futbolchisiga aylandi

  • 8 fevral, 2024, 17:52
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rasman Janubiy Koreyaning "Seul" klubi Jessi Lingardni o‘z tarkibiga qo‘shib olganini ma’lum qildi. 

Tecno

Lingard erkin agent sifatida "Seul" bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. U o‘tgan yozda "Nottingem Forest" bilan xayrlashgandi. 

Hujumkor yarim himoyachi shu paytgacha "Al-Ittifoq" jamoasi bilan mashg‘ulot o‘tkazdi, lekin saudiyaliklar bilan bitim tuzgani yo‘q. Shundan keyin ingliz o‘z agenti bilan xayrlashdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!