Rasman! Jahon chempioni yozda "Bavariya"ga o‘tadi

  • 27 mart, 2019, 21:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Lukas Ernandes faoliyatini "Bavariya"da davom ettiradigan bo‘ldi.

Tecno

Myunxenliklar rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli frantsiyalik futbolchi yozda “Bavariya”ga ko‘chib o‘tadi va 5 yillik shartnoma imzolaydi. Hozircha ushbu transferning moliyaviy tomonlari oshkor etilmayapti. Ammo, bundan avvalroq nemis grandi Ernandes uchun “matraschilar”ga uning shartnomasida belgilangan 80 mln evro to‘lashga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Ernandes asli “Atletiko” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan davr mobaynida madridliklar safida jami 110ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!