
Rasman! "Inter" Kontening o‘rniga kelgan bosh murabbiyni e’lon qildi (FOTO)
Rimning "Latsio" klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritib kelgan Simone Indzagi endi "Inter"ni boshqaradi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, 45 yoshli italiyalik mutaxassis “neradzurrilar” bilan 2 yillik shartnoma imzolagan. U bu borada “Inter”ni joriy mavsum A Seriyada chempion qilgan Antonio Kontening o‘rnini egalladi.
Indzagi 1999-2010 yillarda "Latsio"da futbolchi sifatida to‘p surgan. 2016 yildan boshlab esa ushbu jamoada bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritdi.
Indzagi boshqaruvidagi “Latsio” o‘tgan davr mobaynida Italiya kubogi va Superkubogida g‘alaba qozondi.
Fikrlar