Rasman! Ikki tajribali futbolchi OKMKni tark etdi, Ruxadze gruzin klubiga ijaraga berildi

  • 13 iyul, 2023, 15:12
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Davralar oralig‘ida OKMK jamoasida bir nechta o‘zgarish ro‘y berdi.

Tecno

Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ko‘p yillar mobaynida olmaliqliklar sharafini himoya qilgan Murodjon Toshmatov va Mirg‘iyos Sulaymonov bilan o‘rtadagi bitim o‘zaro kelishuvga ko‘ra bekor qilinib, do‘stona xayrlashildi.

Shuningdek, bir qator o‘yinchilar o‘yin amaliyotiga ko‘proq ega bo‘lishi maqsadida turli jamoalarga ijaraga berildi. O‘ng qanot himoyachisi, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoamizga nomzod Eldorbek Begimov "Olimpik" jamoasiga borib qo‘shilgan bo‘lsa, iqtidorli hujumchi Boburbek Sobirov "Qo‘qon-1912" jamoasiga o‘tdi.

Mavsum boshida klubga Gruziyaning "Samgurali" jamoasidan kelib qo‘shilgan Irakli Ruxadze esa mavsum yakuniga qadar Gruziyaning boshqa bir jamoasi "Telavi"ga ijaraga berildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!