Rasman: Germaniyada yozgi transfer oynasi yopildi

  • 2 sentabr, 2019, 21:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyada Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da yozgi transfer oynasi yopildi.

Tecno

Yaqin soatlar ichida jamoalar transfer oynasi yopilguniga qadar bitimga erishgan transferlarini e’lon qilishlari mumkin.

Ushbu yozgi transfer oynasida, "Bavariya" (143,5 mln evro) barchadan ko‘proq mablag‘ sarfladi. "Barselona"dan Filippe Koutinoni ijaraga olishdi va "Atletiko" himoyachisini 80 mln evroga xarid qilishdi.

Dortmundning "Borussiya" klubi 127,5 mln evroni transferlarga harajat qildi. Dortmundliklar Mats Xummelsni ortga qaytarishdi, Yulian Brandt va Torgan Azar bilan shartnoma imzolashdi.

"Ayntraxt" (101,8 mln evro) klubi esa barchadan ko‘proq foyda ko‘rdi. Luka Yovichni "Real"ga 60 mln evroga sotib yuborishdi va Sebastyan Allerni "Vest Xem" klubiga 40 mln evro evaziga qo‘yib yuborishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!