
Rasman! FIFA prezidenti buni tasdiqladi
"Inter Mayami" klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish uchun taklif oldi. Florida klubi ajoyib mavsum o‘tkazdi, MLSning Sharqiy divizionida g‘alaba qozondi va ochkolar to‘plash bo‘yicha liga rekordini o‘rnatdi.
Kecha bo‘lib o‘tgan “Nyu-Inglend Revolyushn”ga (6:2) qarshi bo‘lib o‘tgan so‘nggi tur o‘yini yakunlangach, FIFA prezidenti Janni Infantino “Inter Mayami” kelasi yili klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishini rasman tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, qit’alararo turnir yangi formatda o‘tkaziladi - unda oltita konfederatsiyadan 32 ta klub ishtirok etadi. Qur’a tashlash marosimi dekabr oyiga belgilangan va o‘yinlar iyun va iyul oylarida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar