Rasman! Eron terma jamoasi etakchisi "Inter" futbolchisiga aylandi

  • 13 iyul, 2024, 15:51
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Eron milliy terma jamoasi va "Portu" klubi sobiq futbolchisi Mexdi Taremi rasman "Inter" klubi futbolchisiga aylandi. 

Eronlik futbolchining Portugaliya jamoasi bilan amaldagi shartnoma muddati yakuniga etganligi sababli u milanliklar safiga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tdi. Taremi yangi jamoasi bilan ikki yillik shartnoma tuzdi. Kelishuvni yana bir yilga uzaytirish bandi ham mavjud. 

5 kundan so‘ng 32 yoshga to‘ladigan futbolchi “Portu” safidagi to‘rt yillik faoliyati davomida barcha musobaqalar hisobidan umumiy 182 ta bellashuvda maydonga tushib, 91 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Yangi jamoasi “Inter”da ham unga juda katta umid bog‘lashmoqda. Raxbariyat bo‘lajak mavsumda hujum chizig‘ida Taremining Lautaro Martines bilan birgalikda kuchli tandem hosil qilishiga ishonishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!