Rasman! EChLni yondirgan "Ayaks" hujumchisi grand jamoa safiga o‘tdi

  • 6 iyul, 2022, 20:24
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Ayaks" tarkibida o‘zining sermahsul o‘yinlari bilan ko‘pchilikning esida qolgan Sebasten Alle faoliyatini boshqa bir klub safida davom ettiradigan bo‘ldi. 

Uning yangi jamoasi - "Borussiya" Dortmund.  Alle "asalarilar" bilan 2027 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Transfer narxi 35 million evroni tashkil etadi. 

Ma’lumot o‘rnida, 28 yoshli hujumchi o‘tgan mavsum amsterdamliklar safida jami 42 ta uchrashuvda ishtirok etib, 34 ta gol hamda 9 ta assist muallifiga aylandi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!