
Rasman! "Buxoro" Ulug‘bek Baqoevni ro‘yxatdan o‘tkazdi, Fuzaylov ham klubda qoladi
Bir necha kun oldin "Buxoro" mahoratli mutaxassis Ulug‘bek Baqoev bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi.
O‘zPFL matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, buxoroliklar mutaxassisni Liga ro‘yxatidan o‘tkazgan. Shuningdek, 4 ta tur davomida jamoada ishlagan Hakim Fuzaylov ham maslahatchi murabbiy sifatida ishlashda davom etadi.
Ma’lumot uchun, Baqoev o‘tgan mavsum so‘ngida "So‘g‘diyona" bilan xayrlashgandi. Klub boshqaruvida u O‘zbekiston Superligasi kumush medallariga ega chiqqan.
Fikrlar